Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Tadbirlar
Tadbirlar21-noyabr, 2025 · Tahririyat

“Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida ijodkorlar universitet rektori bilan uchrashdi

Ijodkorlar talabalar bilan bo‘lgan suhbatlardan olgan taassurotlarini rektor Dr. Chidem Turkyilmaz bilan bo‘lishdi.

“Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasidagi uchrashuv

“Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida universitetga tashrif buyurgan ijodkorlar universitet rektori bilan uchrashdi.

Uchrashuv jarayonida ijodkorlar universitet faoliyati, ta’lim jarayoni va talaba-yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar borasida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Shuningdek, ular universitet talabalari bilan bo‘lgan suhbatlardan olgan taassurotlarini so‘zlab, yoshlarning ijodiy salohiyati va intilishlarini yuksak baholadilar.

O‘z navbatida universitet rektori Dr. Chidem Turkyilmaz mehmonlarni samimiy kutib olib, kelgusida ijodkorlar bilan hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashdan mamnun ekanini ta’kidladi. Tomonlar o‘zaro tajriba almashish, ijodiy uchrashuvlar va ma’naviy-ma’rifiy loyihalarni izchil davom ettirish borasida fikr almashdi.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish