Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Talabalar hayoti
Talabalar hayoti31-iyul, 2025 · Tahririyat

Ma’naviyat va motivatsiyaga boy uchrashuvlar

“Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida SDTUda “Biznes marafon” treningi va “Yosh kitobxon” tadbiri o‘tkazildi.

Talabalar ma’naviy-ma’rifiy tadbirda

“Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universitetida talabalarning ma’naviy dunyosini boyitish va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan qator tadbirlar bo‘lib o‘tdi.

Iqtisodiyot va boshqaruv fakultetida “Biznes marafon” nomli motivatsion seminar-trening tashkil etildi. “DILLER SARMOYA” MChJ rahbari Zayniddin Xoliqulov tomonidan o‘tkazilgan ushbu uchrashuvda 3-bosqich talabalar biznes va menejment yo‘nalishlariga oid amaliy maslahatlar, real hayotdagi tajribalar va motivatsion tavsiyalar oldilar.

Shu bilan birga, “Yosh kitobxon” mavzusida Arxitektura fakulteti talabalari ishtirokida o‘tkazilgan kitobxonlik tadbirida talabalar o‘z sevimli asarlari haqida fikr almashib, mutolaaning inson tafakkuri va ma’naviy kamolotdagi o‘rnini yoritishdi. Bahs-munozaralar orqali kitobxonlik madaniyati targ‘ib qilindi.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish