
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universitetida yoshlarning estetik didini shakllantirish, ijodkorlik salohiyatini rivojlantirish va ularni san’atga kengroq jalb qilish maqsadida mahalla yoshlari hamda universitet talabalari ishtirokida san’at ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Ko‘rgazmada ijodkor talabalar va yosh rassomlar tomonidan tayyorlangan rasmlar, dekorativ amaliy san’at asarlari, milliy hunarmandchilik namunalaridan iborat ko‘plab ishlar namoyish etildi. Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan asarlar bilan tanishib, san’at yo‘nalishlariga oid ma’lumotlar va maslahatlar oldilar.
Mazkur ko‘rgazma yoshlarda milliy madaniyat va san’atga bo‘lgan mehrni oshirishga, ijodiy fikrlashni rivojlantirishga xizmat qilmoqda. Ishtirokchilar bu kabi loyihalarning davomiy bo‘lishini tilab, o‘z ijobiy taassurotlarini bildirdilar.