
Bugun L&T Construction kompaniyasining O‘zbekistondagi vakillari, jumladan MDH davlatlari bo‘yicha bosh kadrlar menejeri Sailesh Jaiswal Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universitetiga tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida universitetning bosh binosida 70 nafarga yaqin bitiruvchi talaba bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda L&T Construction vakillari Atrof-muhit muhandisligi, Elektr muhandisligi, Mehnat muhofazasi va Qayta tiklanadigan energiya yo‘nalishlari bo‘yicha bitiruvchilarni suhbat asosida ishga qabul qilish niyatini bildirdi.