Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/E’lonlar
E’lonlar3-oktabr, 2025 · Tahririyat

“Lider qizlar klubi” a’zoligiga qabul boshlandi

SDTU faol talaba qizlarni liderlik, notiqlik va ijtimoiy loyihalar bo‘yicha treninglar o‘tkazadigan “Lider qizlar klubi”ga a’zo bo‘lishga chaqiradi; ro‘yxatdan o‘tish 10–20-oktabr kunlari.

SDTU e’loni banneri

Aziz talaba qizlar, agar siz faol, tashabbuskor, o‘z ustida ishlaydigan va kelajakda yetakchi bo‘lishni xohlasangiz — unda “Lider qizlar klubi” aynan siz uchun.

Klub yo‘nalishlari — liderlik va shaxsiy rivojlanish bo‘yicha treninglar; muvaffaqiyatli ayollar bilan uchrashuvlar; nutq madaniyati va ijtimoiy faollik mashg‘ulotlari; ijtimoiy loyihalar va volontyorlik faoliyati; motivatsion uchrashuvlar va mahorat darslari.

A’zolik uchun ro‘yxatdan o‘tish muddati: 10–20-oktabr, 2025-yil. Joy: Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universiteti, “Qizlarjon” klubi xonasi.

Aloqa: universitet talaba qizlar koordinatori — Shamshitdinova Nozima, tel. +998 93 714 67 06. Shiorimiz: “Lider qizlar — ertangi yetakchi ayollar”.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish