Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Tadbirlar
Tadbirlar18-mart, 2025 · Tahririyat

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi

17–18-mart kunlari SDTU “Komplaens-nazorat” bo‘limi bir nechta kafedra xodimlari bilan korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida uchrashuvlar o‘tkazdi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha uchrashuv

2025-yil 17–18-mart kunlari SDTU Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” bo‘limi tomonidan “Xorijiy tillar”, “Mexanika muhandisligi”, “Atrof-muhit muhandisligi” va “Biznesni boshqarish” kafedralarining professor-o‘qituvchilari va xodimlari bilan uchrashuvlar tashkil etildi.

Uchrashuvlarda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining 2025-yil 5-martdagi kengaytirilgan yig‘ilishida davlat rahbari bildirgan tanqidiy fikrlar va korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha ustuvor vazifalar yoritildi.

Tadbir davomida mamlakatda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosati, qabul qilinayotgan huquqiy hujjatlarning mazmuni va ularning amaliy ahamiyati haqida tushunchalar berildi.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish