Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Tadbirlar
Tadbirlar28-fevral, 2025 · Tahririyat

SDTU Kengashining 5-sonli yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

2025-yil 28-fevral kuni SDTU Kengashining 5-sonli yig‘ilishida o‘quv yili yakunlari, registrator ofisi nizomi va boshqa masalalar muhokama qilindi.

Universitet Kengashining yig‘ilishi

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universitetida 2025-yil 28-fevral kuni universitet Kengashining 5-sonli yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Kun tartibida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi: 2024–2025-o‘quv yilining kuzgi semestr yakunlari, universitet registrator ofisining nizomi va strategik rivojlantirish dasturi.

O‘zbekiston–Turkiya va O‘zbekiston–Italiya tanlovlariga taqdim etilayotgan ilmiy loyihalar hamda mustaqil izlanuvchilarning dissertatsiya mavzulari tasdiqlandi.

Universitet kafedralarining reyting natijalari va huquqiy ijro masalalari muhokama qilindi.

2025-yil yanvar–fevral oylarida yoshlar va ma’naviy-ma’rifiy sohada amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobot tinglandi.

Universitetning moliyaviy holati, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va obodonlashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish