
Yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining bandligini ta’minlash maqsadida universitetda Milliy bank bilan hamkorlikda “Kelajakka qadam” markazi ochildi.
Biznes g‘oyalarini rivojlantirish — bitiruvchi bosqich talabalari o‘z loyihalarini tayyorlash va moliyalashtirish bo‘yicha to‘liq qo‘llab-quvvatlanadi.
Ishga joylashish — bitiruvchilar va quyi bosqich talabalari uchun sohalar bo‘yicha ochiq tanlovlar o‘tkazilib, g‘oliblar ish bilan ta’minlanadi.
Kasbiy tayyorgarlik — yirik korxonalar bilan hamkorlikda individual kasbiy ta’lim dasturlari ishlab chiqiladi.
Amaliyot va xalqaro tajriba — ishlab chiqarish obyektlarida amaliyot o‘tash va chet eldagi oliy ta’lim muassasalarida qisqa muddatli o‘quv kurslarida qatnashish imkoniyati yaratiladi.
Universitet talabalari uchun bu dastur kelajak sari mustahkam qadam bo‘lishi mumkin.
Kelajakni bugundan quraylik.