Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Karyera
Karyera12-mart, 2026 · Tahririyat

«Kecha talaba, bugun ish beruvchi»: bandlik va amaliy ish takliflari

Universitet bitiruvchisi, tadbirkor Jasurbek Tolibov talabalar bilan ochiq uchrashuvda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ish takliflarini taqdim etdi.

«Kecha talaba, bugun ish beruvchi» uchrashuvi

Universitetda talaba-yoshlar uchun ochiq uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv mehmoni — universitet bitiruvchisi, bugungi kunda muvaffaqiyatli tadbirkor, «Tolib bobo AKT» MChJ rahbar o‘rinbosari Jasurbek Tolibov va uning jamoasi.

Tadbir davomida talabalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri ish takliflari bilan tanishdi, ishga joylashish uchun zarur ko‘nikmalar haqida ma’lumot oldi hamda real biznes tajribasiga asoslangan foydali maslahatlar tinglashdi.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish