
2025-yil 19-may kuni Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universitetida bitiruvchilar va ish beruvchilar o‘rtasida “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi o‘tkaziladi.
Tadbirda 100 ga yaqin arxitektura, shaharsozlik va qurilish sohasida faoliyat olib borayotgan yirik korxona va tashkilotlar o‘zlarining bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etadilar.
Hurmatli bitiruvchi talabalar, mehnat yarmarkasiga barchangizni taklif etamiz! Tashrif buyuring va tez orada siz ham o‘z ish o‘rningizga ega bo‘ling!
Mehnat yarmarkasi soat 10:00 da boshlanadi.
Manzil: SDTU yangi kampusi.