Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Xalqaro
Xalqaro28-aprel, 2025 · Tahririyat

“JPC Corporation” kompaniyasi rahbariyati universitetimizda!

“JPC Corporation” kompaniyasi rahbari Masayuki Fudzivara boshchiligidagi delegatsiya universitetimizda bo‘lib, hamkorlik va bitiruvchilarni Yaponiya kompaniyalarida ishga joylashtirish istiqbollarini muhokama qildi.

“JPC Corporation” rahbariyati universitet vakillari bilan uchrashuvda

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universitetida Yaponiyaning avtomobil biznesi, mashinasozlik va texnik xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat yurituvchi “JPC Corporation” kompaniyasi rahbari Masayuki Fudzivara, biznesni rivojlantirish boshqarmasi vakillari Syun Xasegava va Xolmirza Ergashev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda universitetimiz strategik rivojlantirish bo‘yicha birinchi prorektori Jo‘ramirza Qayumov, o‘quv ishlari prorektori Mirolim Shodmonqulov, Qurilish fakulteti dekani Javlon Suyunov va Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti dekani Mas’ud Eshmurodov hamda ushbu fakultetlarda tahsil olayotgan talabalar qatnashdi.

Uchrashuv davomida Masayuki Fudzivara kompaniya faoliyati — avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish sohasi haqida batafsil ma’lumot berdi. Shuningdek, Yaponiyada ushbu sohada malakali mutaxassislarga talab yuqori ekanligi, “JPC Corporation” kompaniyasi esa universitetimiz bitiruvchi talabalarini Yaponiya kompaniyalarida ishga jalb qilishni rejalashtirayotgani ta’kidlandi.

Uchrashuv yakunida kompaniya rahbari universitetimiz rektori Dr. Chidem Turkyilmaz bilan ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari yuzasidan suhbat o‘tkazdi.

Shuningdek, xorijlik mehmonlar uchun universitetimizning yangi binosi bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish