Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Tadbirlar
Tadbirlar11-iyul, 2025 · Tahririyat

Jamoatchilik nazoratini kuchaytirish yo‘lida

Universitet Jamoatchilik kengashining navbatdagi yig‘ilishida moliyaviy hisobotlar muhokama qilindi va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.

Jamoatchilik kengashi yig‘ilishi ishtirokchilari

Bugun universitet Jamoatchilik kengashining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi. Universitet professor-o‘qituvchilari, Yoshlar ittifoqining faol a’zolari, hududdagi fuqarolik jamiyati institutlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillaridan iborat a’zolar ishtirokida o‘tgan ushbu yig‘ilishda universitetning moliyaviy hisobotlari va boshqa muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ma’lumotlar muhokama qilindi.

Shuningdek, yig‘ilish kun tartibidan universitetda samarali jamoatchilik nazoratini joriy etish orqali professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasidagi ijtimoiy-ma’naviy muhit sog‘lomligini ta’minlashga qaratilgan dolzarb taklif va mulohazalar o‘rin oldi.

Universitet professor-o‘qituvchilari, ishchi-xodimlar hamda talabalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ular o‘rtasidagi sog‘lom raqobatni rivojlantirish, jamoatchilik asosida amalga oshiriladigan nazorat orqali ta’lim sifati va ilmiy salohiyatning yangi bosqichga ko‘tarilishiga ko‘maklashish Kengashning eng muhim vazifalari sifatida qayd etildi.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish