Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/E’lonlar
E’lonlar30-aprel, 2025 · Tahririyat

“Iqlim o‘zgarishining mehnat munosabatlariga ta’siri” mavzusida xalqaro konferensiya

Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni munosabati bilan SDTUda 29–30-aprel kunlari iqlim o‘zgarishi va mehnat munosabatlariga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tadi.

Iqlim o‘zgarishi va mehnat munosabatlariga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universitetida 28-aprel – Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni munosabati bilan 2025-yil 29–30-aprel kunlari “Iqlim o‘zgarishining mehnat munosabatlariga ta’siri va ularning innovatsion yechimlari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tadi.

Konferensiya yo‘nalishlari:

— Iqlim o‘zgarishining bino-inshootlar qurilishi, arxitektura va foydalanishga ta’siri hamda innovatsion yechimlar;

— Mehnat muhofazasini ta’minlashda raqamli boshqaruv va innovatsiyalar istiqbollari;

— Zamonaviy qurilish, shaharsozlik va muhandislik kommunikatsiyalarida sun’iy intellekt imkoniyatlari;

— Jamiyatda mehnat madaniyatini rivojlantirish tamoyillari va istiqbollari;

— Mehnat bozoriga yashil iqtisodiyotning kirib kelishi va kasb malakalarining yangi tendensiyalari.

Barcha qiziquvchi yosh olimlar hamda professor-o‘qituvchilarni taklif etamiz.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish