Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/E’lonlar
E’lonlar29-aprel, 2025 · Tahririyat

Ilmiy seminar: Urokov Olim Abdig‘ofirovich (PhD, geodeziya va kartografiya)

Urokov Olim Abdig‘ofirovichning geodeziya mavzusidagi PhD dissertatsiyasi 2025-yil 6-mayda SDTU Ilmiy kengashi qoshidagi seminarda muhokama qilinadi.

SDTU e’loni banneri

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universiteti huzuridagi PhD 26/26.01.2023.T.109.04 raqamli Ilmiy Kengash qoshidagi ilmiy seminarning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Sana: 2025-yil 6-may. Vaqt: 15:00.

Manzil: 140147, Samarqand shahri, Lolazor ko‘chasi, 70-uy, SDTU.

Seminarda universitet mustaqil tadqiqotchisi Urokov Olim Abdig‘ofirovich tomonidan 11.00.06 — Geodeziya, kartografiya ixtisosligi bo‘yicha texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya muhokamasi o‘tkaziladi.

Dissertatsiya mavzusi:

“Doimiy faoliyat ko‘rsatadigan sun’iy yo‘ldosh davlat geodezik tarmoqlarining aniqligini baholash va o‘lchash usullarini takomillashtirish (Samarqand viloyati misolida)”

Qo‘shimcha ma’lumot uchun: tel.: (93) 994-08-04, faks: (0366) 237-26-30.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish