
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universiteti huzuridagi PhD26/26.01.2023.T.109.04 raqamli Ilmiy Kengash qoshidagi 11.00.07 – “Geoinformatika” (texnika fanlari) ixtisosligi bo‘yicha ilmiy seminarning navbatdagi yig‘ilishi 2026-yil 16-sentabr kuni, soat 14:00da o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Kun tartibi:
1. 2026-yil 16-sentabr kuni, soat 14:00da Samarqand davlat texnika universiteti mustaqil tadqiqotchisi Aminjanova Malika Baxtiyorovnaning “Sel xavfi zonalarini GIS asosida geomodellashtirish va kartalashtirish usulini takomillashtirish (Samarqand viloyati hududi misolida)” mavzusidagi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishining ilmiy seminarda muhokamasi.
2. Turli masalalar.
Manzil: 140147, Samarqand shahri, Lolazor ko‘chasi, 70-uy, Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universiteti.
Ilmiy seminar majlisida oflayn tarzda qatnasha olmaganlar uchun onlayn ulanish “Zoom” platformasi orqali ham mumkin edi.