
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD 26/26.01.2023.T.109.04 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi bir martalik ilmiy seminarda universitet tadqiqotchisi Mullodjanova Gulnoza Muxiddinovnaning 11.00.07 – “Geoinformatika” ixtisosligi bo‘yicha texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan “Geoinnovatsion texnologiyalar asosida yer yuzasidagi deformatsion o‘zgarishlarni monitoring qilish usulini takomillashtirish (Buxoro viloyati Qandim gaz koni misolida)” mavzusidagi dissertatsiyasi muhokama qilinadi.
Ilmiy seminar yig‘ilishi 2025-yil 16-iyul kuni soat 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 140147, Samarqand shahri, Lolazor ko‘chasi, 70-uy, Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universiteti.
Tel.: (93) 994-08-04, faks: (0366) 237-26-30.