
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universiteti Talabalar dekanati tyutori hamda faol talaba-yoshlari 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan 1924-yilda tug‘ilgan, II Jahon urushi qatnashchisi Ahad Ochilov boboning xonadoniga tashrif buyurishdi.
60 yil davomida ta’lim sohasida fidokorona xizmat qilgan, 6 avlodga ustozlik qilgan, Prezidentimiz tomonidan “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan Ahad bobo yoshlarga o‘z hayot yo‘llari, 17 yoshida urushga ketgan kunlari, frontdagi og‘ir sharoitlar va bugungi tinch, farovon hayot haqida so‘zlab berdi.