
Test sinovlari kuni shaxsni tasdiqlovchi pasport (ID-karta)ning asli majburiy ravishda taqdim etilishi shart. Aks holda abituriyent test sinoviga kiritilmaydi.
2025-yil 1-iyuldan boshlab my.gov.uz orqali pasport va boshqa hujjatlarning elektron shakllari rasman tan olinadi. Biroq bu test sinovlariga taalluqli emas, chunki test sinovi hududiga mobil telefon va boshqa raqamli qurilmalarni olib kirish qat’iyan taqiqlangan. Shuning uchun abituriyentda pasportning asl nusxasi — ID-karta yoki biometrik pasport — bo‘lishi shart.
Yodda tutish lozim: pasport (ID-karta) asl nusxasi va abituriyent ruxsatnomasi testga kirishda talab etiladi.
Test sinovlariga kech qolmaslik va hujjatlarni oldindan tayyorlab qo‘yish tavsiya etiladi.
SDTU Call-markazi va maslahat markazi: +998(66)237-06-06, +998(66)237-22-12.