
Bugun Ipak Yo‘li turizm va madaniy meros xalqaro universitetida HERITAGE TURQUOISE 2025 — Restavratsiya, Arxeologiya, Muzey va Kutubxonachilik Texnologiyalari va Madaniy Turizm ko‘rgazmasi va konferensiyasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universiteti rektori Chidem Turkyilmaz, ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Abror Gadayev, Arxitektura fakulteti dekani Dilnoza Kamalova, Oliy ilm-fan maktabi dekani Perviz Ahmedzade hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi.
Tadbir 28–30-may kunlari Samarqand shahrida o‘tkaziladi; unda O‘zbekistonlik va xorijlik 30 dan ortiq spiker ishtirokida 20 dan ortiq sessiya tashkil etiladi.