Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Xalqaro
Xalqaro2-dekabr, 2025 · Tahririyat

“Geosymbiotic workshop 2025” Yaponiyada davom etmoqda

Arxitektura fakultetining o‘qituvchisi, doktorantlari va bir guruh talabalari Yaponiyaning “Setsunan” universitetidagi amaliyot dasturida ishtirok etmoqda.

Yaponiyadagi “Geosymbiotic workshop 2025” ishtirokchilari

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universiteti “Arxitektura” fakulteti o‘qituvchisi, doktorantlari hamda bir guruh talabalari Yaponiyaning “Setsunan” universitetida o‘tkazilayotgan “Geosymbiotic workshop 2025 & internship, Japan extension” amaliyot va stajirovka dasturida faol ishtirok etishmoqda.

Stajirovka jarayonida qatnashchilar zamonaviy shaharsozlik, ekologik muvozanatga asoslangan arxitektura yondashuvlari, xalqaro tajriba almashuvi hamda yapon ilmiy-tadqiqot maktabi bilan o‘zaro hamkorlikni mustahkamlamoqda.

Talabalar yapon ilmiy-uslubiy tajribasini o‘rganish bilan birga o‘z loyihalarini taqdim etib, xalqaro bahs-munozaralarda ham ishtirok etishlari ko‘zda tutilgan.

Mazkur amaliyot dasturi SDTU va “Setsunan” universitetlari o‘rtasidagi ilmiy hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish