
I. Razzoqov nomidagi Qirg‘iziston davlat texnika universitetining “Geodeziya va masofadan zondlash” yo‘nalishi talabalari bilan Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universitetida amaliyot darslari davom etmoqda.
Mashg‘ulotlarda talabalar geodezik o‘lchovlar va zamonaviy asbob-uskunalar bilan ishlash bo‘yicha amaliy tajribaga ega bo‘lib, amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlamoqdalar.