
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universitetida talaba-yoshlar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan “Eng yaxshi esselar” tanlovi tashkil etildi.
Ushbu tanlovda 27 nafar talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Natijalar quyidagicha:
— 1-o‘rin: Do‘schanov Suxrobbek, Qurilish fakulteti 2-bosqich talabasi;
— 2-o‘rin: Rustamov Jamshid, Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti 1-bosqich talabasi;
— 2-o‘rin: Tursunqulova Odina, Qurilish fakulteti talabasi;
— 3-o‘rin: Ergasheva Maftuna, Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti 1-bosqich talabasi;
— 3-o‘rin: Otaqulova Munojat, Qurilish fakulteti 3-bosqich talabasi.
Tanlov g‘oliblari tegishli tartibda faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Eslatib o‘tamiz, 1-o‘rinni egallagan ishtirokchi hududiy bosqichda ishtirok etish uchun pasport nusxasi va tanlov o‘tkazilganligi haqidagi bayonnomani taqdim etishi zarur.
Tanlov 3 bosqichda o‘tkaziladi:
— universitet bosqichi;
— hududiy (yoki mintaqaviy) saralash bosqichi;
— respublika final bosqichi.
G‘oliblarni quyidagi mukofotlar kutmoqda:
Respublika bosqichi sovrinlari:
— 1-o‘rin – 6 000 000 so‘m;
— 2-o‘rin – 5 000 000 so‘m;
— 3-o‘rin – 4 000 000 so‘m;
Shuningdek, diplom, statuetka va gullar taqdim etiladi.