Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Ta’lim
Ta’lim28-may, 2025 · Tahririyat

Energiya tejamkorligi – zamonaviy yondashuv bilan

Mexanika muhandisligi kafedrasi mudiri Zafar Fayziyev Paxtachi tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchilari uchun energiya tejamkorligi bo‘yicha mahorat darsi o‘tkazdi.

Kafedra mudiri maktab o‘quvchilari uchun mahorat darsi o‘tkazmoqda

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universiteti Mexanika muhandisligi kafedrasi mudiri Zafar Fayziyev tomonidan Paxtachi tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchilari uchun “Energiya tejamkorligi” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi.

Dars davomida o‘quvchilar energiya tejamkorlikning ahamiyati, zamonaviy texnologiyalar va innovatsion yechimlar haqida muhim bilimlarga ega bo‘ldilar. Energiya samaradorligi nafaqat iqtisodiy foyda keltirishi, balki ekologik muammolarni kamaytirishda ham muhim rol o‘ynashi ta’kidlandi.

Bunday tadbirlar o‘quvchilarni bilim va innovatsiyalarga yo‘naltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish