Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/E’lonlar
E’lonlar18-oktabr, 2025 · Tahririyat

Ta’lim jarayoni sifati bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkaziladi

25-oktabr – 5-noyabr kunlari talabalar ta’lim jarayoni sifati bo‘yicha Oliy ta’lim vazirligining survey.hemis.uz saytidagi so‘rovnomasida ishtirok etishi mumkin.

SDTU e’loni banneri

Kunduzgi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarida tahsil olayotgan barcha talabalar diqqatiga!

2025-yil 25-oktabr – 5-noyabr kunlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining survey.hemis.uz veb-saytida ta’lim jarayoni sifatini o‘rganish bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkaziladi.

So‘rovnomadan maqsad — oliy ta’lim tizimidagi o‘quv jarayonini yanada takomillashtirish, talabalar fikrini o‘rganish va sifatni oshirishdir.

Shu munosabat bilan barcha kunduzgi ta’lim shaklidagi talabalarni ushbu so‘rovnomada faol ishtirok etishga, jarayonning shaffof o‘tishiga o‘z hissangizni qo‘shishga chaqiramiz!

Sizning fikringiz muhim — kelajakdagi o‘zgarishlar aynan sizning takliflaringiz asosida amalga oshadi!

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish