Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Talabalar hayoti
Talabalar hayoti16-iyul, 2025 · Tahririyat

DXX kubogi viloyat final bosqichi g‘olibi aniqlandi

Ishtixon tumani Qoraqishloq mahallasi jamoasi Qo‘shrabot tumani Shovona mahallasi jamoasini penaltilar seriyasida yutib, DXX kubogi viloyat bosqichi g‘olibi bo‘ldi.

DXX kubogi final o‘yiniga tashrif buyurgan tomoshabinlar

Bugun Samarqand shahridagi “Dinamo” o‘yingohida futbol bo‘yicha mahalla yoshlari o‘rtasida “Davlat xavfsizlik xizmati kubogi” musobaqasining viloyat final bosqichi o‘yini bo‘lib o‘tdi.

Final o‘yinini tomosha qilish uchun Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universitetining 300 nafarga yaqin xodimlari va talaba-yoshlari tashrif buyurishdi.

Unda Ishtixon tumanining Qoraqishloq mahallasi jamoasi Qo‘shrabot tumanining Shovona mahallasi jamoasini penaltilar seriyasida 7:6 hisobida mag‘lub qilib, DXX kubogi viloyat bosqichi g‘olibi bo‘ldi.

Shuningdek, DXX kubogi musobaqasining respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Musobaqaning taqdirlash marosimida viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi A.Boboyev, DXX viloyat boshqarmasi boshlig‘i N.Rahimov va boshqa mas’ullar ishtirok etdi.

Futbol va mini futbol bo‘yicha g‘olib hamda sovrindorlarga medal, diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish