
“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli va samarali o‘tkazish maqsadida Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universiteti talabalar dekanati tyutorlari hamda talaba-yoshlar ishtirokida ziyoratgohlarga tashrif uyushtirildi.
Ushbu tashrif davomida yoshlarga yurtimizdagi muqaddas maskanlarning tarixiy-ma’naviy ahamiyati, milliy qadriyatlar va ajdodlar merosi haqida tushunchalar berildi. Bu kabi tadbirlar talabalarda vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashga, tarixiy xotiraga hurmatni oshirishga xizmat qiladi.