
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universiteti talabalari va tyutorlari ishtirokida “Dolzarb 90 kun” tashabbusi doirasida “Kitobxonlik va Zakovat” tadbiri o‘tkazildi.
Mazkur intellektual-ma’rifiy tadbir yoshlarda kitobga mehr uyg‘otish, mushohada qilish, jamoaviy ishlash va sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish maqsadida tashkil etildi.
Tadbir davomida ishtirokchilar bilim va tafakkurga asoslangan bellashuvlarda faol qatnashib, o‘z intellektual salohiyatlarini namoyon etdilar.