
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universitetida “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida talaba-yoshlar va talabalar dekanati tyutorlari ishtirokida qiziqarli sport musobaqalari tashkil etildi.
Musobaqalarda talabalar turli sport yo‘nalishlarida o‘z kuch va mahoratlarini sinovdan o‘tkazib, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishda faol qatnashdilar. Tadbir do‘stona muhitda, yuqori kayfiyatda o‘tib, talabalarning jismoniy faolligini oshirish va sog‘lom hayotga intilishini qo‘llab-quvvatlashda muhim o‘rin tutdi.
Bunday tadbirlar yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda sog‘lom avlod tarbiyasiga xizmat qiladi.