Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Talabalar hayoti
Talabalar hayoti16-iyul, 2025 · Tahririyat

Sport – sog‘lom hayot garovi

“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Qurilish fakulteti talabalari o‘rtasida 500 metrga yugurish bo‘yicha sport musobaqasi o‘tkazildi.

Talabalar 500 metrga yugurish musobaqasida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan tashkil etilgan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli va samarali tashkil etish maqsadida Samarqand davlat texnika universiteti Qurilish fakulteti talabalari o‘rtasida “Sport – sog‘lom hayot garovi” shiori ostida 500 metrga yugurish bo‘yicha sport musobaqasi o‘tkazildi.

Mazkur tadbir talabalarning jismoniy faolligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda jamoaviylik ruhini mustahkamlashga qaratildi. Musobaqa davomida talabalar belgilangan masofani tezkorlik va qat’iyat bilan bosib o‘tib, o‘zaro sport mahoratini sinovdan o‘tkazdilar.

Musobaqa g‘oliblari universitet rahbariyati tomonidan esdalik sovg‘alari va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish