Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Talabalar hayoti
Talabalar hayoti28-avgust, 2025 · Tahririyat

SDTUda talabalarga mazmunli bo‘sh vaqt

“Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida talabalar uchun kitobxonlik uchrashuvi, kino kechasi va voleybol musobaqasi tashkil etildi.

Talabalarning kino kechasi

Bugun Samarqand davlat texnika universitetida “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida talabalar bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishlari uchun ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.

Kitobxonlik uchrashuvi.

Talabalar kitoblar orqali yangi bilimlarga ega bo‘lishdi, qiziqarli bahs-munozaralar olib borishdi va o‘zaro fikr almashishdi.

Kino kechasi.

Birgalikda film tomosha qilish orqali talabalar maroqli hordiq chiqarishdi va o‘zaro do‘stona muhitni mustahkamlashdi.

Voleybol musobaqasi.

Sportsevar talabalar jamoaviy o‘yin orqali sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlashdi, do‘stona raqobatda o‘z iqtidorini namoyon etishdi.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish