Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Talabalar hayoti
Talabalar hayoti16-iyul, 2025 · Tahririyat

“Sazagan” dala-o‘quv poligoniga tashrif

“Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida yotoqxonada istiqomat qiluvchi talabalar Nurobod tumanidagi “Sazagon” dala-o‘quv poligoniga tashrif buyurib, harbiy texnika namoyishini kuzatishdi.

Talabalar “Sazagon” dala-o‘quv poligonida

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universiteti Qurilish fakulteti dekani Suyunov Javlonbek hamda 1-sonli talabalar turar joyi pedagog-tarbiyachisi Azizbek Tursunov tashabbusi bilan “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida yotoqxonada istiqomat qiluvchi 40 nafarga yaqin talabalar bilan birgalikda Nurobod tumanidagi “Sazagon” dala-o‘quv poligoniga tashrif buyurdilar.

Dala o‘quv maydonini kuzatish davomida Markaziy harbiy okrugi harbiy xizmatchilari tomonidan yaratilgan qo‘shinlar jangovar shayligini oshirishga xizmat qiladigan innovatsion ishlanmalar bilan tanishdilar.

“Sazagan” dala-o‘quv maydonida zamon talablariga javob bera oladigan 30 ga yaqin o‘quv nuqtalarda barcha turdagi jangovar texnika va qurollar o‘quv-mashg‘ulotlari asosida talabalarga namoyish etildi.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish