
Bugun “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universiteti “Iqtisodiyot va boshqaruv” fakulteti tomonidan talabalar bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish va ularning ijodiy qobiliyatini rivojlantirish maqsadida “Mushoira kechasi” tashkil qilindi.
Mazkur tadbirda fakultet talabalari she’riyatga bo‘lgan mehrlarini namoyish etib, o‘zlari yozgan she’rlar va mashhur adiblar ijodidan parchalarni badiiy o‘qib eshittirishdi. Samimiy va iliq muhitda o‘tgan mushoira kechasi ishtirokchilarga unutilmas taassurotlar ulashdi hamda yoshlarni kitobxonlik va ijodga chorlovchi muhim madaniy tashabbus sifatida e’tirof etildi.