Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Talabalar hayoti
Talabalar hayoti9-iyul, 2025 · Tahririyat

Mahalla yoshlari uchun san’at ko‘rgazmasi tashkil etildi

“Dolzarb 90 kun” shiori ostida universitet talabalari va ustozlarining ijodiy ishlaridan iborat ko‘rgazma mahalla yoshlari uchun tashkil etildi.

Mahalla yoshlari san’at ko‘rgazmasida talabalar ishlari bilan tanishmoqda

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universitetida “Dolzarb 90 kun” shiori ostida yoshlarning estetik didini shakllantirish va ularni san’atga qiziqtirish maqsadida mahalla yoshlari uchun san’at namunalari ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Tadbirda universitet ijodkor talabalari hamda ustozlari tomonidan yaratilgan rasmlar, dekorativ amaliy san’at asarlari va milliy hunarmandchilik buyumlari namoyish etildi. Ko‘rgazma davomida yoshlarga asarlarning yaratilish jarayoni va ularning tarixiy-madaniy ahamiyati haqida batafsil tushuntirishlar berildi.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish