
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universitetida “Dolzarb 90 kun” tashabbusi doirasida qurilish fakulteti talabalari o‘rtasida bir qator sport musobaqalari tashkil qilindi.
Yugurish, shaxmat va shashka musobaqalarida talabalar nafaqat jismoniy, balki intellektual salohiyatlarini ham namoyon etishdi. Musobaqalar do‘stlik, sog‘lom turmush tarzi va raqobat muhitida o‘tdi.