
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universitetida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida talaba-yoshlar uchun qiziqarli va foydali onlayn mahorat darslari hamda treninglar tashkil etilmoqda.
Mavzular:
— Moliyaviy savodxonlik tushunchalari;
— Startap loyihalarini tuzish va tayyorlash;
— Grafik dizayn bo‘yicha ishlash;
— Foto va video tahrirlash.
Trening va darslar haftada 2 kun, har bir dars 1 soat davom etadi; malakali o‘qituvchilar va tajribali ustozlar tomonidan ta’lim beriladi. Ishtirokchilarga muvaffaqiyatli suhbatdan so‘ng sertifikat taqdim etiladi.
Ro‘yxatdan o‘tish uchun bosh bino, 116-xona – Inkubatsiya markaziga murojaat qilishingiz mumkin. Onlayn qo‘shilish uchun telegram guruhimizga qo‘shilishingiz mumkin.
Bog‘lanish uchun telefon: +998 66 237 18 47.