
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universiteti “Iqtisodiyot va boshqaruv” fakultetida talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida navbatdagi tadbir o‘tkazildi.
“Bir haftada – bir kitob” loyihasi doirasida tashkil etilgan ushbu kitobxonlik kechasi davomida talabalar turli adabiyotlarni birgalikda o‘qib muhokama qildilar. Tadbirda kitob mutolaasining ahamiyati, yoshlarning bilim doirasini kengaytirish va tafakkurini rivojlantirishdagi o‘rni haqida fikr almashildi.
Kitobxonlik kechasida talabalar o‘zlari tanlagan asarlar yuzasidan taqdimotlar qilishdi va taassurotlari bilan bo‘lishishdi. Loyihaning asosiy maqsadi – yoshlar orasida kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishdir.