Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Talabalar hayoti
Talabalar hayoti16-iyul, 2025 · Tahririyat

“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida ezgu tashabbus

Talabalar dekanati tashkil etgan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida volontyorlik guruhlari mahallalarga tashrif buyurib, aholiga ko‘maklashdi.

Volontyor talabalar mahallaga tashrifda

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universiteti talabalar dekanati tomonidan tashkil etilgan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida volontyorlik guruhlari mahallalarga tashrif buyurdi!

“Mening oilam — mening baxtim, Mahalla — mening faxrim!” g‘oyasi asosida o‘tkazilgan tadbirda tyutorlar va yosh targ‘ibotchilar aholining turmush tarzini yaxshilashga o‘z hissasini qo‘shishdi.

Talabalarimiz yordamlashish, mehr-oqibat va hamjihatlik kabi insoniy fazilatlarni amalda namoyon etib, jamiyatda fuqarolik mas’uliyati, ijtimoiy faollik va beg‘araz xizmat tamoyillarini shakllantirishga xizmat qilmoqda.

Bu tashrif yoshlarimizning ezgu intilishlari va vatanparvarlik ruhining yorqin ifodasidir.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish