
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universiteti “Iqtisodiyot va boshqaruv” fakultetining “Ko‘chmas mulkni boshqarish” kafedrasida Samarqand shahrida faoliyat yuritayotgan “DILLER SARMOYA” MChJ direktori Zayniddin Xoliqulov tomonidan 3-bosqich talabalariga seminar-trening tashkil qilindi.
Trening davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi, sohaga oid taklif-fikrlari bilan o‘rtoqlashishdi va amaliy bilimlarini yanada mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘lishdi.