
Bugun Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universitetida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida “Kitobxon yoz – 2025” tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida talabalar o‘zining kitobxonlik madaniyati, badiiy asarlarni tahlil qilish ko‘nikmalari va keng dunyoqarashini namoyish etdilar. Tanlov ishtirokchilari sevimli asarlaridan parchalar o‘qib, mualliflar ijodiga o‘z qarashlarini bildirdilar.
Ma’naviyat, madaniyat va kitobsevarlikni targ‘ib etishga qaratilgan bunday tanlovlar talabalarning o‘z ustida ishlash, erkin fikrlash va badiiy nutqini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.