
“Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universiteti Arxitektura fakulteti talabalari ishtirokida “Yosh kitobxon” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida talabalar o‘z sevimli asarlari haqida fikr almashdilar, kitob mutolaasining inson tafakkuri va ma’naviy kamolotidagi o‘rni haqida bahs-munozaralar olib borildi.
Mazkur tashabbus yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini targ‘ib qilish, ularning dunyoqarashini kengaytirish va ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.