
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universitetida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida talabalar dekanati tyutorlari, Lolazor mahallasi yoshlari hamda talaba-yoshlar ishtirokida qator sport o‘yinlari tashkil etildi.
Tadbirning asosiy maqsadi — talabalarning jismoniy faolligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish va jamoaviylik ruhini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.
Musobaqalarda talabalar katta ishtiyoq bilan qatnashib, o‘z jismoniy tayyorgarligi va sportga bo‘lgan qiziqishini namoyon etdi. Bellashuvlar davomida qizg‘in va do‘stona muhit hukm surdi.
Sport — bu faqat musobaqa emas, balki sog‘lom fikr, kuchli iroda va ijobiy hayot tarzi sari tashlangan muhim qadamdir.