Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Talabalar hayoti
Talabalar hayoti31-iyul, 2025 · Tahririyat

Ijodkor yoshlar sahnaga! Teatr jamoasiga kasting bo‘lib o‘tdi

“Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida “Ulug‘bek vorislari” teatr jamoasiga yangi a’zolarni jalb etish uchun kasting o‘tkazildi.

Talabalar teatr jamoasi kastingida

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universitetida “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida talaba-yoshlar o‘rtasida “Ulug‘bek vorislari” teatr jamoasi safiga iqtidorli yoshlardan yangi a’zolarni jalb etish maqsadida kasting tashkil etildi.

Kasting jarayonida talabalar o‘z aktyorlik mahoratlarini namoyish etib, sahna nutqi, emotsional ifoda va ijodiy yondashuvlari bilan hakamlar hay’atida ijobiy taassurot qoldirishdi.

Tanlov yakunida eng iqtidorli ishtirokchilar jamoa a’zoligiga tavsiya qilindi. Bu esa ularning san’at orqali o‘zini namoyon qilishiga keng imkoniyat yaratadi.

“Ulug‘bek vorislari” sahnasida bo‘lish – bu nafaqat sharaf, balki mas’uliyat!

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish