
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universitetida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida talaba-yoshlar uchun “Qo‘qon shamoli” filmi namoyish etildi.
Bu film — tarix, jasorat va milliy g‘urur timsoli. Unda o‘zbek xalqining ozodlik yo‘lida olib borgan kurashi, mardlik va fidoyilik ruhi aks etgan. Talabalar film orqali o‘z tarixini chuqurroq anglab, o‘zida vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.