Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Talabalar hayoti
Talabalar hayoti24-iyul, 2025 · Tahririyat

“Dolzarb 90 kun” doirasida kitobxonlik tadbiri

Arxitektura yo‘nalishi talabalari ishtirokida universitetning yangi kutubxona binosida kitobxonlik kechasi tashkil etildi.

Talabalar kutubxonada kitobxonlik tadbirida

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universitetida “Dolzarb 90 kun” tashabbusi doirasida tashkil etilgan navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir arxitektura yo‘nalishida tahsil olayotgan talaba-yoshlar ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

Tadbir universitetning yangi kutubxona binosida o‘tkazilib, unda talabalarning kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish, badiiy va ilmiy adabiyotlarni chuqur o‘rganish orqali kasbiy dunyoqarashlarini kengaytirish maqsad qilindi.

Kitobxonlik kechasi davomida talabalar o‘z sevimli asarlari haqida fikr almashdilar, mutolaa madaniyati, o‘qish va fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish borasida o‘zaro bahs-munozaralar olib borildi.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish