
Bugun “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universiteti Qurilish fakulteti talabalari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbir talabalar ongida bilim va tafakkur asosida raqobatlashish, mantiqiy fikrlashni rivojlantirish hamda jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratildi.
O‘yin davomida ishtirokchilar savol-javoblar orqali bilimini sinovdan o‘tkazib, o‘zaro tajriba almashdilar.