Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Talabalar hayoti
Talabalar hayoti11-avgust, 2025 · Tahririyat

“Dolzarb 90 kun” – bilim va ijod uyg‘unligi

“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida talabalar “Zakovat” intellektual o‘yini va san’at ko‘rgazmasida bilim, tezkor fikrlash va ijodiy mahoratlarini namoyish etishdi.

Talabalar “Zakovat” intellektual o‘yinida

Bugun Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universitetida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida talabalar ishtirokida “Zakovat” intellektual o‘yini hamda san’at ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

“Zakovat” o‘yini davomida talabalarning bilim darajasi, tezkor fikrlash qobiliyati va jamoaviy ishlash mahorati sinovdan o‘tkazildi. Qizg‘in savol-javoblar, noodatiy mantiqiy topshiriqlar va intellektual bahslar tadbirga alohida ruh bag‘ishladi.

San’at ko‘rgazmasida esa talabalarning ijodiy ishlari namoyish etilib, ularning tasviriy san’at, dizayn va amaliy ijod yo‘nalishlaridagi yutuqlari barchaga manzur bo‘ldi.

Tadbir nafaqat bilim va ijodni birlashtirdi, balki talabalar o‘rtasida do‘stona muhit, o‘zaro hamkorlik va yangi g‘oyalar almashinuvi uchun ochiq maydon bo‘lib xizmat qildi.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish