Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/E’lonlar
E’lonlar7-aprel, 2025 · Tahririyat

“Ilhom” mukofoti tanlovi

Talabalarning ilg‘or g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Ilhom” mukofoti tanlovining birinchi bosqichi 14-aprel kuni SDTUda test savollari asosida o‘tkaziladi.

SDTU e’loni banneri

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-avgustdagi 503-sonli qaroriga hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 27-martdagi 118-son buyrug‘iga muvofiq, talabalarning iqtidorini ro‘yobga chiqarish, ularning ilg‘or g‘oya va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Ilhom” mukofoti tanlovining birinchi bosqichi o‘tkazilishi belgilangan.

Shu munosabat bilan Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universitetida tanlovning dastlabki bosqichi test savollari asosida tashkil etiladi.

Tanlov tafsilotlari: sana — 2025-yil 14-aprel; vaqt — 17:00; manzil — bosh bino, 424-xona.

Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan talabalar Talaba klublari bo‘limi boshlig‘i Charos Xushmurodovaga murojaat etishlari mumkin.

Eslatma: tanlovning respublika bosqichida g‘olib bo‘lgan ishtirokchiga bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari miqdorida pul mukofoti taqdim etiladi.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish