
2024/2025 o‘quv yilida o‘qishga qabul qilingan talabalar uchun ta’lim grantlarini taqdim etish va qayta taqsimlash bo‘yicha onlayn arizalar qabul qilinadi.
Arizalarni qabul qilish muddati: 10-iyuldan 20-iyulgacha.
Arizalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi 149-son qaroriga ilova qilingan “Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizom” asosida ko‘rib chiqiladi.
Eslatma: hujjatlarni belgilangan muddatda topshirish va barcha ma’lumotlarni aniq to‘ldirish lozim.