Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Talabalar hayoti
Talabalar hayoti18-aprel, 2025 · Tahririyat

“Dekan kubogi” musobaqasi tashkil etildi

Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti talabalari o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha “Dekan kubogi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi; g‘oliblar diplom va kubok bilan taqdirlandi.

“Dekan kubogi” mini-futbol musobaqasi

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universiteti Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti talaba-yoshlari o‘rtasida sportning “mini futbol” turi bo‘yicha “Dekan kubogi” musobaqasi tashkil etildi.

Musobaqa davomida fakultetning sakkiz jamoasi g‘oliblik uchun o‘zaro bellashdilar, musobaqa qizg‘in vaziyat va his-tuyg‘ularga boy o‘tdi.

Musobaqa natijalariga ko‘ra:

— 1-o‘rin: “Biznesni boshqarish-1” jamoasi;

— 2-o‘rin: “Biznesni boshqarish-2” jamoasi;

— 3-o‘rin: “Ko‘chmas mulkni boshqarish” jamoasi qo‘lga kiritdi.

G‘olib va sovrindorlar fakultet ma’muriyati tomonidan diplom va dekan kubogi bilan taqdirlandilar.

Sport musobaqalari yoshlarimizning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga hamda jamiyatimizda sportning nufuzini yanada ko‘tarishga xizmat qiladi.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish