Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Xalqaro
Xalqaro16-oktabr, 2025 · Tahririyat

BRAUIC 2025 xalqaro forumi: 2-kun tafsilotlari

Almatida o‘tgan BRAUIC 2025 forumining 2-kunida SDTU rektori va prorektori Luban Global School filialining ochilishi va meros platformasi taqdimotida ishtirok etdi.

BRAUIC 2025 forumida SDTU delegatsiyasi

Qozog‘istonning Almati shahrida BRAUIC 2025: “Global ufqlar: transformatsiyalar davrida arxitektura va qurilish sohalarida xalqaro ta’lim hamkorligi” xalqaro forumining 2-kuni yakuniga yetdi.

BRAUIC (Belt and Road Architectural University International Consortium) — 2017-yilda Pekin qurilish va arxitektura universiteti (BUCEA) tashabbusi bilan “Bir makon — bir yo‘l” tashabbusi doirasida tashkil etilgan xalqaro konsorsium bo‘lib, bugungi kunda Osiyo, Yevropa, Afrika va Amerika qit’alaridagi 39 ta mamlakatdan 91 ta universitetni birlashtiradi.

Mazkur forumda Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universiteti rektori Dr. Chidem Turkyilmaz va yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Sherzod Uzoqov ishtirok etdi.

2-kunning muhim tashabbuslaridan biri Luban Global School ning rasmiy ochilish marosimi bo‘ldi. Luban Global School — Luban Workshop dasturidan shakllangan xalqaro platforma bo‘lib, hunarmandchilik merosi, raqamli vositalar va global hamkorlikni texnik hamda arxitektura-qurilish ta’limida uyg‘unlashtiradi. Tashabbus doirasida amaliyot dasturlari, innovatsion laboratoriyalar va qo‘shma ta’lim yo‘nalishlari nazarda tutilgan bo‘lib, ular MDH davlatlari oliy ta’lim muassasalari uchun ham dolzarbdir. SDTUda Luban Global School ning O‘zbekistondagi filiali tashkil etiladi.

Shuningdek, arxitektura merosini saqlash va undan foydalanishga mo‘ljallangan global raqamli platforma taqdim etildi. U “raqamli egizaklar”, obyektlar holatini monitoring qilish, 3D/AR-ekspozitsiyalar hamda universitetlar, ilmiy-tadqiqot institutlari, muzeylar, merosni muhofaza qilish organlari, shahar ma’muriyatlari va loyihalash byurolari uchun xalqaro hamkorlik vositalarini o‘zida mujassamlashtiradi.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish